Bosh vazir ko‘rsatmasi bilan Yunusoboddagi barcha internet-kafelar yopiladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2-iyun, juma kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.

Foto: Digital Report

Hukumat rahbari tashrif davomida yozgi ta’til vaqtida maktab o‘quvchilari bandligini ta’minlash masalalari bilan tanishdi.

«Abdulla Aripov Yunusobod tumanidagi barcha internet-kafelarni yopish haqida ko‘rsatma berdi. Internet-kafelarning tungi vaqtlarda bolalarga xizmat ko‘rsatayotgani bunga sabab bo‘lgan», —deyiladi « xabarda.

Xabar berishlaricha, tuman rasmiylariga bolalarni kitob o‘qishga jalb qilish maqsadida maktab va mahallalarning rahbarlari bilan suhbatlar o‘tkazish haqida topshiriq berilgan.

Latest from Blog