Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari etib tayinlandi, deya xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Faoliyati davomida Abduhalim Xolmaxmatov prokuratura va sud-huquq tizimida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 12-fevral kuni Abduhalim Xolmaxmatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ishdan bo‘shatilgani, uning o‘rniga Bahriddin Valiyev bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar qilgan edik.