Bosh prokurorga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni Bosh prokurorning yangi oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi, deb xabar qildi respublika hukumati portali.

Foto: Nuz.uz

Jumladan, Erkabay Aminovich Tadjiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Murodjon Azimov Davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar