Foto: Shosh.uz

Bosh prokuratura “yashil maydonlar”ning 4 barobar kamayganini ma’lum qildi. Poytaxtda ham rekord natija qayd etilgan

/

Hududlarda 30 foizni tashkil etishi lozim bo‘lgan “yashil maydon”lar 3-4 barobarga qisqargan. Bu haqida Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori O‘ktam O‘tayev Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida o‘tkazilgan tahlillarga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.

“Hududlarda “yashil maydon”lar 30 foizni tashkil etishi kerak. Ammo bu ko‘rsatkich 3-4 barobarga qisqarib, o‘rtacha 8 foizdan kamayib ketdi. Ayni paytda “Yashil maydon”lar Jizzax va Buxoro viloyatlarida — 8,5 foiz, Toshkent shahrida — 9 foiz, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida — 11 foizni tashkil qiladi.

Masalan, Bekobodda 51 tup qayrag‘och daraxti qonunga xilof ravishda kesib, o‘simlik dunyosiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan va holat bo‘yicha Bekobod shahar inspeksiyasi inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, dedi Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori.

O‘ktam O‘tayevga ko‘ra, “Prokuratura idoralari tomonidan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari aniqlanib, jiddiy qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 7 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Birgina Bekobod tumanidagi davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari va uning sheriklari tomonidan o‘rmon xo‘jaligiga 380 528 500 so‘m hamda Bo‘stonliqdagi “AMIRSOY” dam olish kurorti yo‘lidagi jami 700 tup turli xildagi manzarali va mevali daraxtlarni noqonuniy kesish tabiatga 394 229 500 so‘mlik zarar keltirgan.

Joriy yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri hamda viloyatlarda daraxtlar va ekinlar pala-partish ekilayotgani sabab qurib qolayotgani, tuman hokimlari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini e’tiborsiz qoldirayotganligini qattiq tanqid qilgan edi.

Avvalroq, ekoqo‘mita mutasaddisi Toshkent shahrida 2021 yilda ekilgan 75 ming daraxt ko‘chatining 52 mingdan ortig‘i qurib qolganini ma’lum qildi.

Toshkent cho‘llanishda davom etyapti. 2021 yilda ekilgan 75 ming daraxtning 52 mingdan ortig‘i qurib qolgan

Bundan tashqari poytaxtdagi yirik istirohat bog‘larida olib borilayotgan qurilish ishlari ham yashil maydonlarning keskin kamayishiga sabab bo‘layotgani haqida ham ko‘p marta gapirilmoqda.

Yaqinda Toshkentdagi yashil hududlardan biri – ayni paytda aholiga yopiq Abdulla Qodiriy bog‘i ham o‘ta achinarli va qarovsiz ahvolda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar