Bosh prokuratura oziq-ovqat narxlari asoslanmagan ravishda ko‘tarilishiga qarshi kurashadi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy muhim bo‘lgan mahsulotlar narxi asoslanmagan ravishda ko‘tarilishiga qarshi kurashadi.

Foto: Gazeta.Uz

O‘zbekiston prezidenti imzolagan farmonga binoan, Bosh prokuraturaning soliq, valyuta va noqonuniy daromadlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi bundan buyon oziq-ovqat mahsulotlari narxini noqonuniy ravishda oshirish holatlari bilan ham shug‘ullanadi.

Xususan, Bosh prokuratura o‘simlik moyi, un, go‘sht shakar, kunjara kabi ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar narxi oshish sabablarini o‘rganadi.

Undan tashqari prokuratura xodimlari davlat buyurtmalari bo‘yicha mahsulot sotib olishda korruptsiya holatlarini o‘rganadi va bozordagi narxlarni tizimli ravishda monitoring qilib boradi.

Shuningdek, prokuratura mahsulot defetsitiga va uning narxi oshishiga yo‘l qo‘ygan bozor ma’muriyati hatti-harakatini ham o‘rganadi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida prokuratura xodimlari yuridik va jismoniy shaxslardan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni talab qilish va tezkor-qidiruv ishlari o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar