Bosh prokuratura bir guruh onkologiya xodimlarining Prezidentga yo‘llagan murojaatiga rasmiy munosabat bildirdi

Foto: Asr.uz

Bosh prokuratura Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari tomonidan Prezidentga yo‘llangan murojaati bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so‘rab, Prezidentga murojaat yo‘llagani tasvirlangan video keng bahs-munozaraga sabab bo‘ldi.

Videomurojaatda ta’kidlanishicha, markazning Toshkent shahar filiali direktori boshchiligidagi bir guruh shaxslar tomonidan korrupsiya harakatlari ochiqdan ochiq kuchayib ketgan. Markaz direktori o‘zining qo‘l ostidagi ishonchli shaxslar orqali bemorlar va ularning qarindoshlaridan kasallikni tuzatish bahonasida turli yo‘llar va vositalar bilan pul talab qilish yo‘liga o‘tgan.

Aniqlanishicha, 2021-yil 2-fevral kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog