Bosh prokuratura Afg‘oniston harbiylari haqidagi xabarni tasdiqlanmagan deb atadi

Avvalroq, 14−15-avgust kunlari Afgʻonistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta harbiy vertolyoti Oʻzbekiston havo hududiga kirgani va Termiz xalqaro aeroportiga majburiy qoʻndirilgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuraturaning Telegram kanalida chiqqan mazkur xabar mutasaddi idoralar maʼlumoti bilan tekshirilmay chiqarilgani uchun oʻchirib tashlandi.

“Bosh prokuraturaning Telegram kanalida chop etilgan bayonot ham oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan maʼlumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan”, — deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura Telegram kanalga maʼlumotlarni joylashtirishga masʼul boʻlgan tarmoq xodimlari shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan mazkur bayonot uchun uzr soʻradi.

Latest from Blog