Borovskiy kolleji yopiladi

Bugun «Feysbuk»dagi «Potrebitel» guruhi foydalanuvchilaridan biri P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani toʻgʻrisida mish-mishlar borligi va bu rost yoki yolgʻonligi haqida soʻrab, post yozib qoldirdi, deb xabar qilmoqda «Darakchi» nashri.

Foto: Darakchi

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida nashr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus,kasb-hunar taʼlimi markazidagi ishonchli manbalari bilan bogʻlandi.

Maʼlum boʻlishicha, bu yil Borovskiy tibbiyot kollejida qabul amalga oshirilmaydi. Qolgan oʻquvchilar, yaʼni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi haqidagi savolga esa ayni damda ushbu masalada rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil maʼlumot olish mumkinligini maʼlum qildi.

Oʻrta maxsus,kasb-hunar taʼlimi markaziga telefon orqali murojaat qilganida markazdagilar ushbu xabarni tasdiqlashdi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tugʻilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon oʻgʻli tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar