Bokuda Armaniston bilan maxfiy hamkorlik qilishda ayblanib harbiy guruh qo‘lga olindi


Ozarbayjon maxsus xizmati Armaniston bilan maxfiy hamkorlik qilishda ayblanayotgan bir guruh harbiy va bir nechta jismoniy shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda TASS mamlakat IIVga tayanib xabar tarqatdi.

Harbiy guruh va  jismoniy shaxslar maxfiy hamkorligi davomida bir necha marotaba harbiy sirlarni jamlagan ma’lumotlarni uzatishgan.

Ayni ish yuzasidan tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Latest from Blog