Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi

Tergov organlari to‘ydan keyin o‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli tojikistonlik Rajabbi Xurshidning o‘limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Foto: Publika.az

Jinoyat ishini tergov qilish jarayonida kuyov — Zafar Pirov so‘roq qilindi. Nashrning xabar qilishicha, tojikistonlik Rajabbi Xurshid va Zafar Pirovlar to‘y kuni bir-birini ko‘rgan. Ilk nikoh kechasida esa qizning bokiraligi yuzasidan janjal kelib chiqqan.

Rajabbining qarindoshlari qiz to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini va genetik ekspertiza hamda sog‘ligi to‘g‘risida ikkita ma’lumotnoma olganligini bildirdi. Tojikistonda kelin-kuyovlar to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tib, OIV, gepatit va boshqa jiddiy kasalliklar aniqlangan taqdirda ham turmush qurish taqiqlanmaydi.

Kuyov kelinning bokiraligiga shubha qilib, uni Dushanbe shahriga qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib borgan. Ekspertiza qizning bokiraligini isbotlab bergan bo‘lsa-da, kuyov bundan qanoatlanmagan. Shubha va gumonlar ta’sirida yosh oilaning tinchi buzilib, oqibatda 22-iyun kuni Rajabbi o‘z joniga qasd qilgan.

Xabarda uning sirka kislotasini ichgani, shifokorlar esa qizning hayotini saqlab qololmagani xabar qilinmoqda. Rajabbining buyraklari ishlamay qolgan.

Rajabbining onasi Fozila Mirzoyeva qizining o‘z joniga qasd qilishga majbur bo‘lganligini, bunga kuyovi sababchi bo‘lganligini aytdi.

“Kuyovim qizimni Dushanbega qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib borganligini eshitib, ularning ortidan bordim. Qizimni qaytarib olib ketaman, dedim. Ammo Zafarning onasi tushunmovchilikka barham berilib, xavotirga o‘rin qolmaganligini aytib, meni xotirjam qilishga urindi”, – dedi u.

Rajabbi o‘z joniga qasd qilishdan oldin onasiga eri unga ko‘chaga chiqishini taqiqlaganini aytgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog