Bogʻchalarning ochilish sanasi maʼlum boʻldi

7-14-sentabr kunlari Toshkent va Toshkent viloyati tumanlarida bittadan 5-7 yoshli bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari ochilmoqda. 14-sentabrdan boshlab ushbu jarayon mamlakat boʻylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 4-5 yoshli bolalar uchun oʻrta guruhlar ochilishi oktabr oyiga, 3 yoshli bolalardan iborat kichik guruhlar ochilishi esa noyabr oyiga rejalashtirilmoqda.

bogcha
rfi.fr

Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilingan.

Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning taʼkidlashicha, ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab oʻzgarishi mumkin. Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi.

Har bir guruhda tarbiyalanuvchilarning maksimal soni 15 nafar etib belgilanmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog