Boʻstonliqda tungi klublar tashkil qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 – 2022-yillarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Loyihaga koʻra, Toshkent viloyati va Boʻstonliq tumani hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqiladi.

Hujjat loyihasida keltirishicha, Boʻstonliq tumanida turizm axborot markazlarini tashkil etish uchun yer maydonlari roʻyxati;

Boʻstonliq tumanida 2020-yil dasturiga qoʻshimcha ravishda quriladigan namunaviy uylar manzilining roʻyxati;

Boʻstonliq tumanida 2020-2021-yillarda Madaniy va tarixiy obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari hamda koʻngilochar tadbirlar tashkillashtirish boʻyicha manzilli dastur tasdiqlanadi.

Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy ovqatlanish, savdo, sihatgoh, mehmonxona, oilaviy uy mehmonxonalari, turizm, ekoturizm va agroturizm obyektlari ifodalangan zamonaviy elektron xarita jumladan uning mobil ilovasini ishlab chiqilishini va uni yagona (Yandeks, Maps.Me, Google) elektron xaritalarda belgilanadi.

Shuningdek, Boʻstonliq tumanining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Tumanda yirik gastronomik, shopping, koʻngil ochar markazlar, eko bozor tashkil etish uchun turizm nuqtalarini (halq tilida “Bochka” misolida) aniqlanadi va ularni qurish maqsadida yer maydonlarini elektron savdo maydonchalariga chiqariladi.

Turizm va sportning qoya toshlarga chiqish (skaladrom) turini rivojlantiriladi. Bunda, qoya toshlarga chiqish nuqtalarini aniqlash va belgilash hamda skaladrom boʻyicha noprofessionallar uchun trenajyorlar barpo etish hamda asbob-uskunalar va jihozlar ijarasini tashkil etish choralarini koʻriladi.

Tumanda har yili qishki va yozgi mavsum ochilishini tantanali tarzda xalq sayli koʻrinishida festivallar tashkil etiladi.

Bundan tashqari tumanning Chimyon, Yusufxona, Sijjak, Bildirsoy hududlarida sayyohlar uchun tungi klub (diskoteka) tashkil qilinadi.

Shuningdek, tumanda ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida ziyoratgohlarni ham taʼmirlash va obodonlashtirish kabi bir qancha tizimli oʻzgarishlar qilinishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog