Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. (erkak) hamda Boʻstonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. (oʻgʻil bola), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.
Maʼlumot uchun: kecha, 17-sentabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 761 (+134) nafarni tashkil etgan. Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.