Foto: UN Uzbekistan

BMTTDning mintaqaviy rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

//

BMT Taraqqiyot dasturining mintaqaviy rahbari Miryana Spolyarich Egger ikki kunlik tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

15-iyun kuni Spolyarich Egger Oʻzbekistondagi va butun Markaziy Osiyodagi ayollarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish mavzusi boʻyicha forumda qatnashdi. Mazkur tadbirda u gender masalalarini Oʻzbekistonning oʻta muhim tadbirkorlik sektoridagi asosiy mavzuga aylantirish hamda ayollarning iqtisodiyotdagi ishtirokiga toʻsqinlik qiluvchi huquqiy va meʼyoriy toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha BMTTDning maqsadini tasdiqladi.

“Men Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasiga nisbatan qabul qilingan choralarni nafaqat tezkorligini balki barqaror rivojlanishning oʻrta va uzoq muddatli ehtiyojlari bilan qanchalik bogʻliq boʻlganligini yuqori baholayman”, — dedi u.

“Ushbu oʻzgarishlar juda oʻrinli, chunki Oʻzbekiston oʻzining 2022−2026-yillar uchun rivojlanish strategiyasini shakllantirmoqda va oʻsishning kelgusi yoʻnalishlarini belgilab olmoqda”, — deya qoʻshimcha qiladi Spolyarich Egger.

16-iyun kuni u “Ishga marhamat” monomarkaziga uskunalarni topshirdi. Ushbu uskunalar monomarkazning tehnik salohiyatini takomillashtirishda va Oʻzbekiston yoshlari orasida bandlikni oshirishga katta hissa qoʻshishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Spolyarich Egger rivojlanishning eng muhim milliy yoʻnalishlari boʻyicha BMT Taraqqiyot Dasturining sodiqligini tasdiqladi. Ular BRM ijrosi ustidan parlament nazoratini takomillashtirish, aholining zaif qatlamlariga urgʻu bergan holda Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish strategiyasini amalga oshirishni ragʻbatlantirish, Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasidan soʻng yashil tiklanishini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek Milliy gender tenglikni taʼminlash strategiyasini qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi.

BMTTDning Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi boʻyicha Mintaqaviy byurosi direktori sifatida 2018-yil oktyabr oyidan Spolyarich Egger 17 mamlakat va bitta hududda loyihalarni boshqarib kelmoqda. Ushbu tashrif Spolyarich Egger uchun COVID-19 pandemiyasi tarqalishidan keyingi birinchi xorijiy safar boʻldi.

Latest from Blog