/

BMT Toshkentda sodir bo‘lgan “xavotirli voqealar”ni xolis tergov qilishga chaqirdi

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer 28-mart kuni Toshkent markazida sodir bo‘lgan tartibsizliklarga munosabat bildirdi.

Foto: Interfax.uz

“Butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham BMT har qanday shaxsga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qoralaydi. BMT, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri tolerantlik, inklyuzivlik, ijtimoiy xilma-xillik va inson huquqlarining umumbashariy me’yorlari va tamoyillarining bo‘lgan nafrat va adovat ifodalarining ishlatilishini ham qoralaydi.

BMTning O‘zbekistondagi jamoasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarini hafta oxirida sodir bo‘lgan xavotirli voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqiradi.

Shuningdek, biz ommaviy axborot vositalari, blogerlar va fuqarolik jamiyatini nafrat va diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishi natijasi bo‘lgan zo‘ravonlikka qarshi kurashga birgalikda ishlashga chaqiramiz”, — deyiladi BMT vakilining bayonotida.

Bundan tashqari, sodir bo‘lgan voqeaga xorij mamlakatlarining ayrim elchilari Twitter orqali munosabat bildirgan.

AQSh elchisi Deniel Rozenblyum quyidagicha yozadi: “Dam olish kunlari Toshkent ko‘chalarida zo‘ravonlikni ko‘rish juda xavotirli. O‘zbekiston hukumatini bloger Miraziz Bozorovning kaltaklanishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishga chaqiraman”.

“Dam olish kunlari o‘tkazilgan namoyishlarda shuncha nafratni kuzatish juda achinarli. Bilaman, bu juda nozik masala. Biroq turli xil jamiyat — bu kuchli jamiyat. Tolerantlik. Bloger/jurnalistlarga zo‘ravonlik qilishni oqlab bo‘lmaydi”, — deb yozadi Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlot.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog