Foto: Sustainable Bus

BMT Taraqqiyot Dasturi va GEJ Toshkentda elektrobuslar sotib olishga 3,9 mln AQSH dollari ajratadi

/

BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasi koʻmagida hamda “Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish” dasturi doirasida Toshkent shahri uchun elektrobuslar sotib olinadi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

30-iyun kuni poytaxtda loyihani baholash qoʻmitasining manfaatdor vazirlik va idoralar masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yoʻli bilan atrof — muhit sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu tajriba Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.

Loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda “yashil transport yoʻlagini” joriy etish rejalashtirilgan. Olti yil muddatga moʻljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasi tomonidan 3,9 mln dollar mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.

Loyiha Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshshahartransxizmat” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Oʻtgan yilning oktyabr oyida Transport vazirligi Toshkent shahrida 300 dona elektrobus sotib olinishi haqida hukumat qarori loyihasini muhokama uchun eʼlon qilgan edi. 3 yil davomida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln soʻm atrofida boʻlishi koʻzda tutilgan edi.

Latest from Blog