/

BMT: Shimoliy Koreya sanksiyalarni chetlab oʻtish uchun yadro dasturini ishlab chiqdi

Foto: Pressfrom

Shimoliy Koreya xalqaro sanksiyalarni buzgan holda 2020-yil davomida yadroviy va ballistik raketa dasturini saqlab qoldi va rivojlantirdi. Mamlakat loyihalarini xakerlik hujumlari natijasida oʻgʻirlangan 300 million dollar bilan moliyalashtirdi.

Bu haqda Reuters tomonidan tanishib chiqilgan BMTning maxfiy hisobotida aytilgan.

Hisobotda aytilishicha, Pxenyan “boʻlinadigan materiallar ishlab chiqargan, yadroviy inshootlarni saqlab qolgan va ballistik raketa infratuzilmasini yangilagan”, shu bilan birga ushbu dasturlar uchun materiallar va texnologiyalarni chet elda qidirishda davom etmoqda, deb xabar beradi Amerika Ovozi.

Davlat departamenti vakili maʼmuriyat yangi yondashuvni, shu jumladan ittifoqchilar bilan “har qanday diplomatiyaning bosim va imkoniyatlarini” toʻliq koʻrib chiqishni rejalashtirayotganini aytdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2018 va 2019-yillarda uch marta uchrashgan, ammo Pxenyanning yadroviy chiqib ketishi va Shimoliy Koreyaning sanksiyalarni bekor qilish talablari boʻyicha muvaffaqiyatga erisha olmagan. Oʻtgan yili Shimoliy Koreya yangi oʻrta va qisqa masofali ballistik raketalar va qitʼalararo ballistik raketalarni namoyish etdi.

BMT hisobotida aytilishicha, BMTning nomaʼlum aʼzosi boʻlgan davlat Shimoliy Koreyaning raketalarini “yadro qurilmasi” uzoq, oʻrta va qisqa masofaga uchadigan ballistik raketalarga joylashtirilishi ehtimoli yuqori deb hisoblamoqda. “Biroq, aʼzo davlat KXDR atmosferaga kirish natijasida hosil boʻladigan issiqlikka bardoshli ballistik raketalarni ishlab chiqarganiga amin emasligini aytdi”, deyiladi xabarda.

2020-yilda yadroviy va ballistik raketa sinovlari oʻtkazilmagan boʻlsada, Pxenyan “yangi ballistik raketa jangovar kallaklarini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarishga hamda taktik yadro qurollarini ishlab chiqarishga tayyorligini eʼlon qildi”.

Shimoliy Koreyaning Nyu-Yorkdagi BMT vakolatxonasi hisobotga izoh berish talabiga darhol javob bermadi.

2018-yilda Shimoliy Koreya yadro sinovlarini tugatishga sodiqligini namoyish qilyapmiz deb, oʻzining asosiy Pungheri yadro poligonidagi tunnellarni portlatdi. Biroq, nomaʼlum aʼzo davlat BMT kuzatuvchilariga ushbu obyektda hali ham ishchilar borligini aytdi, bu obyekt tark etilmaganligini koʻrsatmoqda.

Shimoliy Koreya va Eron uzoq masofalarga moʻljallangan raketalarni ishlab chiqish loyihalari, shu jumladan muhim qismlarini oʻtkazish boʻyicha hamkorlikni qayta tikladilar, deyishdi BMT kuzatuvchilari. Ularning soʻzlariga koʻra, soʻnggi yetkazib berish oʻtgan yili boʻlib oʻtgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog