/

BMT rahbari: Ochlikka duch kelganlar soni ikki baravarga oshdi

Foto: BMT

Pandemiya va COVID-19 tarqalishini toʻxtatish choralari natijasida 18 dan 27 milliongacha odam qashshoqlik chegarasidan pastladi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashining tinchlik va barqarorlikni saqlashga bagʻishlangan yigʻilishida soʻzlagan nutqida aytib oʻtdi. Uchrashuv videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtdi.

BMT rahbarining soʻzlariga koʻra, pandemiya bir qator salbiy tendensiyalarni kuchaytirdi. “2020-yilda 22 yil ichida birinchi marta oʻta qashshoqlikning oʻsishi kuzatildi”, dedi u. Antonio Guterrish tinchlik va xavfsizlik masalalariga eʼtibor qaratib, mojarolar vaziyatni yana-da kuchaytirishi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlidagi asosiy toʻsiq boʻlib qolishini taʼkidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi zamonaviy mojarolar tobora murakkablashib borayotganini va jinoyatchilik hamda terrorizmga aloqador mintaqaviy davlatlar, shuningdek, nodavlat qurolli guruhlarning faol ishtirokida yuzaga kelayotganini taʼkidladi. “Mojarolar choʻzilib ketdi va ularni hal qilish qiyinlashdi”, deya qoʻshimcha qildi BMT rahbari.

U Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning har beshinchi aholisi keng miqyosli mojarolar zonasiga yaqin boʻlganligini esladi. Bu gumanitar yordamga muhtoj odamlar sonining koʻpayishiga olib keladi — bu Ikkinchi Jahon Urushidan beri eng yuqori koʻrsatkichlarga yetdi va ochlikka duch kelganlar soni ikki baravarga oshdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog