BMT Ozarbayjon va Armanistondan toʻqnashuvlarni zudlik bilan toʻxtatishni soʻradi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh Armaniston va Ozarbayjonni harbiy toʻqnashuvlarni toʻxtatish va mojaroni avj olishiga qarshi harakatlarni boshlashga chaqirdi, deb xabar beradi RIA Novosti rasmiy kotib Stefan Dujarrikdan iqtibos keltirgan holda.

Foto: Yandex

Uning soʻzlariga koʻra, Guterresh zudlik bilan ikki tomonning sulhga erishishini qoʻllab-quvvatlaydi hamda Armaniston va Ozarbayjonni provokatsion ritorikadan saqlanishini soʻradi.

12-iyul kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari davlat chegarasining Tovuz tumani hududida sulhni buzganini maʼlum qildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati qurolli to‘qnashuv oqibatida 3 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini e’lon qildi. Dastlab hujumni qaytargan chavush (serjant) va askar halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Keyinroq esa yana bir askar olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Armaniston Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bir guruh ozarbayjonlik askarlar yuk mashinasida davlat chegarasini buzib o‘tishga uringan. Ogohlantirishdan keyin Ozarbayjon askarlari avtomobilni tashlab qochgan va berkingan, biroq bir soatdan so‘ng, artilleriyadan o‘t ocha boshlashgan. Armaniston qurolli kuchlari bunga javoban o‘t ochgan va hujumni qaytargan. Yerevanning ta’kidlashicha, ular tomondan hech kimga jarohat yetmagan.

Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan o‘zining Facebook’dagi sahifasiga Ozarbayjon qurolli kuchlari arman harbiylarining pozitsiyasini yana o‘qqa tutishni boshlagani haqida izoh yozib qoldirdi.

“Ikki-uch soatlik uzilishlardan so‘ng, dushman taraf provakatsion harakatlarni qayta boshlab, arman pozitsiyasiga qarata o‘t ochdi”, — deb yozadi Stepanyan.

So‘nggi 30 yildan buyon Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar Tog‘li Qorabog‘ hududi sabab yomonlashgan. Mintaqa Ozarbayjon hududida joylashgan bo‘lsa-da, 1991-yilda uning tarkibidan chiqqan. Tan olinmagan ushbu respublika hududida asosan armanlar istiqomat qilib keladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarada muntazan qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog