BMT: Liviyada qullik kundan-kun “gurkiramoqda”


Yevropa tomon otlangan muxojirlar Liviyada asirlikga tushib qolmoqda.

BMT vakillarining so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘p afrikalik muxojirlar Liviyada qullikga tushib qolishmoqda. Bu haqda Euronews telekanali xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Liviyadagi siyosiy vaziyat jiddiy beqarorlashgan va bu ishlarga hukumatning chek qo‘yishga kuchi yetmaydi. Mamlakatdagi bir nechta qul bozorlaridan muxojirlarni arzon narhga sotib olish mumkin.

“Bu kabi bozorlardan 200-500 dollar evaziga siz uchun ishlaydigan muxojirni sotib olishingiz mumkin. Muhojirlaning ba’zilari qochishga harakat qilishadi va qochib ketishadi ham. Biroq, ko‘pchiligi asirda qolib ishlashiga to‘g‘ri keladi”, – deydi Xalqaro Migratsiya Tashkiloti Liviya bo‘limi rahbari Otman Belbeysi.

Liviya Muamar Kaddafiy hukumati to‘ntarilganidan keyin Yevropaga borishni istagan Afrika muhojirlari uchun asosiy tranzit nuqta bo‘lib qoldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog