BMT koronavirus pandemiyasi tufayli ruhiy salomatlikning global inqirozidan ogohlantirmoqda

Izolyatsiya, qoʻrquv, mavhumlik, iqtisodiy zarbalar — bularning barchasi ruhiy stressni keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: Forbes

Shuningdek, koronavirus toʻgʻrisida tez-tez uchraydigan yolgʻon axborotlar, mish-mishlar va pandemiya qancha vaqt davom etishini bilmaslik, isholnchsizlik — odamlarning xavotir olishlariga va kelajak haqida umidsizlikka tushishiga olib keladi.

Hisobotda pandemiyaning odamlarning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoliga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari bayon qilingan. Jumladan:

  • psixologik xizmatlarda investitsiyalar yetishmasligi kamchiligini bartaraf etish;
  • masofadan davolash — telemeditsina yordamida “shoshilinch psixiatriya yordami”ni taʼminlash;
  • depressiya va tashvishdan aziyat chekkan odamlar bilan faol ish olib borish;
  • oiladagi zoʻravonlikning yuqori xavfi boʻlgan aholi qatlamiga yordam berish.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog