BMT Inson huquqlari kengashiga Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan qaysi davlatlar da`vogar? O‘zbekiston ham ular safida bormi?

Inson huquqlari kengashi – BMTning Jenevada asos solingan organlaridan biridir. Kengashga 47 davlat a’zo. A’zolik muddati uch yil va mamlakatlar mintaqama-mintaqa tanlanadi. 2006-yilgacha BMT Inson huquqlari komissiyasi bo’lgan tashkilot o’tgan 14 yil mobaynida kengash sifatida isloh qilindi.

jj
vahitbicak.com.tr

“O‘zbekiston bir necha yillardan beri ushbu kengashga a’zo bo`lishga intilmoqda. Mamlakat kengashga a’zo bo`lishi uchun muhim qadamlarni tashladi, biroq hali uning inson huquqlari himoyasi yo`lida amalga oshiradigan ishlari ko`p” deya ta’kidladi Human Rights Watchning Yevropa va Markaziy Osiyo bo`yicha direktori Hyu Uilsam “The Diplomat” nashriga bergan intervyusida.

BMTning inson huquqlari kengashiga Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan kirmoqchi bo`lgan O‘zbekistonga raqobatchi mamlakatlar: Xitoy, Saudiya Arabistoni, Nepal va Pokistondir.  gInson huquqlari muntazam va sistematik buziladigan davlatlar sifatida ular ham keskin tanqid ostida.

BMTning Inson huquqlari kengashi da`vogarlar haqida qanday fikrda? Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan kengashga a’zo bo`lmoqchi bo`lgan davlatlarda inson huquqlari masalasi qanday?

Har yili Human Rights Watch dunyo mamlakatlarining yil davomida inson huquqlari borasida amalga oshirgan ishlarini sarhisob qilib hisobot e’lon qiladi.(https://www.hrw.org/ru/world-report/2020 ) Biz HWR taqdim etgan hisobotlardan foydalanib O`zbekistonga raqobatchi davlatlardagi inson huquqlari masalalarini tahlil qilamiz.

Xitoy Xalq Respublikasi. Bu davlat dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri bo`lishiga qaramay inson huquqlari abgor bo`lgan mamlakatdir. Xitoy- tafovutlar mamlakati.

Xalqaro amnitsiya va Human Rights Watch kabi nodavlat tashkilotlar , shuningdek AQSh Davlat departamenti kabi xorijiy davlat tashkilotlari muntazam ravishda XXR o’z yurisdiksiyasi doirasida o’z fuqarolarining so’z, harakat va diniy erkinliklarini buzayotganini ko’rsatuvchi dalillarni taqdim etadilar. XXR rasmiylari inson huquqlarini turlicha ta’riflashlarini da’vo qilishadi: bunda iqtisodiy va ijtimoiy, shuningdek, siyosiy huquqlar, barchasi ‘‘milliy madaniyat” va mamlakatning rivojlanish darajasi bilan bog’liq. XXR rasmiylari inson huquqlari yaxshilanayotganini da’vo qilmoqdalar. XXR siyosatchilari, mamlakat Konstitutsiyasiga binoan “to’rtta asosiy prinsip” fuqarolik huquqini bekor qilishini bir necha bor ta’kidladilar. XXR rasmiylari to’rtta kardinal prinsipning ustunligini hukumat prinsiplarini ag’darishga intilayotgan odamlarni hibsga olishning huquqiy asosi sifatida izohlamoqda.

Ko’plab inson huquqlarini himoya qilish guruhlari Xitoyda inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni e’lon qilishdi. Bular o’lim jazosi, “bitta bola siyosati” (Xitoy uni 2015-yilda bekor qilishdan oldin etnik ozchiliklar uchun istisnolar qilgan), Tibetning siyosiy va huquqiy maqomi, matbuot erkinligiga beparvo munosabat. Xavotirga soladigan boshqa masalalar qatoriga inson huquqlarining qonuniy tan olinmasligi, mustaqil sud tizimining yo’qligi va qonunlar ustuvor emasligi kabilardir. Inson huquqlari bilan bog’liq yana bir qator muammolar orasida ishchilar huquqlarining ta’minlanmaganligi (xususan, mehnat muhojirlarining harakatlanish erkinligini cheklaydigan tizim), mustaqil kasaba uyushmalarining yo’qligi, qishloq mehnatkashlari va etnik ozchiliklarga nisbatan kamsitishlar, shuningdek diniy erkinlik yo’qligidir. Huquq himoyachilari bo`lgan guruhlar xristianlar, Tibet buddistlari, Uyg’ur musulmonlar va Falun Gong diniy guruhlarga nisbatan repressiyalarni ta’kidlaydilar. Human Rights in China, Chinese Human Rights Defenders kabi ba’zi faol guruhlar ushbu erkinliklarni kengaytirishga harakat qilmoqdalar. Ushbu masalalar bilan bog’liq ishlarni olib boradigan xitoylik inson huquqlari advokatlari ko’pincha ta’qiblar, ishdan bo’shatish va hibsga olinishga duch kelishadi.

2020-yil iyun oyida BMTning ellikka yaqin mustaqil ekspertlari Xitoy hukumati tomonidan “asosiy erkinliklar” ning repressiyasi to’g’risida tashvish bildirdi. Ular advokatlar, prokuratura va inson huquqlari himoyachilarining hibsga olinishigacha aholining, ayniqsa diniy va etnik ozchiliklarning jamoaviy repressiyalarini ta’kidladi. Shuningdek, “politsiya tomonidan haddan tashqari ko’p kuch ishlatilganligi, namoyishchilarga qarshi kimyoviy moddalar ishlatilgani, politsiya idoralarida namoyishchilarga qarshi jinsiy zo’ravonlik va tajovuzlar va sog’liqni saqlash xodimlariga nisbatan zo’ravonlik” uchun aybsizlikni qoraladilar.

Saudiya Arabistoni. Bu mamlakat 2019-yilda inson huquqlari borasida misli ko`rilmagan xalqaro tanqidlarga duch keldi, jurnalist Jamol Qoshiqchining Saudiya agentlari tomonidan o`ldirilishi borasida to`liq javobgarlikni olmagani, shuningdek, Saudiya dissendentlari va huquq himoyachilariga nisbatan xorlovchi munosabatlar shular jumlasidandir.

Saudiya Arabistoni Islomdan tashqari boshqa dinlar tarafdorlari tomonidan ommaviy ravishda sig’inishga toqat qilmaydi va musulmon diniy ozchiliklarni, xususan o’n ikki shia va ismoiliylarni, shu jumladan, xalq ta’limi, adliya tizimi, diniy erkinlik va ish bilan ta’minlash borasida muntazam ravishda kamsitishlarga yo`l qo`yadi.

Gender tengligi borasidagi o‘zgarishlarga qaramay, saudiyalik ayollar turmush qurish, qamoqxonani tark etish yoki muayyan tibbiy yordamni olish uchun erkak homiyning roziligini olishlari kerak. Ayollar, shuningdek, nikoh, oila, ajralish va bolalar bilan bog‘liq qarorlar (masalan, bolani tarbiyalash) bo‘yicha kamsitishlarga duch kelmoqdalar. Erkaklar o‘zlarining homiyligida bo‘lgan qizlariga, xotinlariga yoki ayol qarindoshlariga qarshi “itoasizlik” uchun ish qo‘zg‘atishi mumkin, bu ularning majburiy ravishda erkak homiysi uyiga qaytishiga yoki qamoqqa olinishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muhim o‘zgarishlar uchun kurashgan ayollar huquqlari faollari qamoqqa olinmoqda yoki sudlashmoqdalar.

Nepal. Bu mamlakatda inson huquqlarining dolzarb muammolari qatoriga qashshoqlik (xususan qishloq joylarida), ta’limdagi nomutanosibliklar, gender tengsizligi, sog’liqni saqlash muammolari va bolalar huquqlarining buzilishi kiradi. Nepalning ayrim hududlarida bolalar uchun yetarli oziq-ovqat ta’minoti mavjud emas; eng yomon hududlarda bolalarning 60 foizi yetarli ovqatsiz yashashadi. Mamlakatda  qashshoqlik indeksi (HPI) 31,12ni tashkil etadi, bu nisbatan yuqori ko’rsatkich.

“So’nggi bir yil ichida biz mamlakatda erkinliklarni cheklash uchun repressiv usullarga tobora ko’proq murojaat qilayotganini ko’rdik. Jurnalistlar shunchaki o’z ishlarini bajargani uchun hibsga olingan, xonandalar faqat qo’shiqlarining mazmuni uchun qamoqqa tashlangan va fuqarolik jamiyati katta bosim ostida bo’lgan”, – dedi Amnesty Internationalning Janubiy Osiyo bo’yicha direktori Biraj Patnaik.

To’rt yil oldin barcha mehnat muhojirlaridan ish vizalari yoki istiqbolli ish bilan ta’minlangan mamlakatlarga aviachipta uchun to’lov olinmasligini ta’minlash siyosati e’lon qilingan edi. Xarajatlar ish beruvchilar tomonidan qoplanadi. Siyosat hali ham to’g’ri tatbiq etilmayapti va Nepaldagi ishga qabul qilish agentliklari mehnat muhojirlaridan juda katta haq olishda davom etmoqda.

2016-yilgi global qullik indeksiga ko’ra, bugungi kunda Nepalda 234,6 ming kishi qullikda kun kechiradi. Bu aholining 0,82 foizni tashkil qiladi. Nepaldagi qullikning bir turi uy sharoitida majburiy mehnatdir. Shuningdek, pulsizlikdan qiynalgan ota-ona bolasini sotishi ham mumkin.

Pokiston. Demokratiya tamoyillarini qo’llab-quvvatlash uchun yaratilgan bo’lsa-da, Pokistondagi  harbiy to`ntarishlar odatiy holdir. Mustaqillikdan keyingi tarixining aksariyat qismida o’zlarini prezident deb e’lon qilgan harbiy diktatorlar boshqargan Pokistondagi saylovlar qisman erkin bo’lishiga qaramay, qonunbuzarliklar ko’p kuzatiladi. Ammo ovozlarni qalbakilashtirish, tahdid va majburlash usullaridan foydalanish, musulmon va musulmon bo’lmaganlarni kamsitish va boshqa ko’plab qonunbuzarliklarga duch kelish mumkin. Bundan tashqari, Pokiston hukumati bir necha marta  Pokiston harbiylari va tegishli xavfsizlik idoralari ustidan mutlaqo nazorat qilinmasligini tan oldi .

Oilaviy zo’ravonlik, ayniqsa, hukumat ushbu muammoni hal qilish uchun yetarli ish qilmagani haqidagi ayblovlar bor va bu muhim ijtimoiy muammo hisoblanadi. Yiliga taxminan 5000 ayol oilaviy zo’ravonlik qurboni bo`ladi, minglab boshqa odamlar esa mayib yoki nogiron bo`lib qoladi.

Umuman matbuot erkinligiga yo’l qo’yiladi, ammo hukumat siyosatini tanqid qiluvchi yoki harbiylarni tanqid qiladigan har qanday xabar senzuraga  uchraydi. Jurnalistlar keng tahdid va zo’ravonliklarga duch kelmoqdalar, shuning uchun Pokiston jurnalist bo’lish uchun eng yomon davlatlardan biriga aylandi. Avvalroq YouTube va boshqa ko’plab veb-saytlar diniy qonunlarini buzgani uchun hukumat tomonidan bloklangan edi . Hukumat yoki harbiylarni tanqid qilgan veb-saytlar, inson huquqlari buzilishini fosh qiladigan veb-saytlar va dinga qarshi deb qabul qilingan veb-saytlarning barchasi doimiy ravishda bloklanib keladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog