BMT Bosh kotibi Belarus hukumati va namoyishchilarni muloqotga chorlamoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Belarusdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, deydi BMT Bosh kotibining vakili Stefan Dujarrik.

Foto: diapazon.kz

Uning soʻzlariga koʻra, Bosh kotib Antoniu Guterres “mamlakatdagi voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boradi va barcha belarusliklarga oʻzlarining fuqarolik va siyosiy huquqlaridan foydalanish imkoniyatlarini berish muhimligini taʼkidlaydi”, rasmiylarni esa namoyishlarga javoban oʻzini tiyishga chaqirmoqda.

“Biz bu mamlakatda boʻlib oʻtayotgan namoyishlar va voqealardan juda yaxshi xabardormiz. Bosh kotib odamlarning noroziligi tinglanishi kerak va qatagʻonlar bunga javob emas, deb hisoblaydi”, dedi Dujarrik va mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish faktlari tekshirilishi kerak deya qoʻshimcha qilar ekan.

Shuningdek, u “bosh kotib barcha belarusliklarni saylovlardan keyin yuzaga kelgan muammolarni muloqot orqali hal qilishga va mamlakatda tinchlikni saqlashga chaqirmoqda” deb taʼkidladi.

9-avgust kuni Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Rasmiy natijalarga koʻra, 1994-yildan beri amaldagi amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko boshqa nomzodlarga nisbatan katta farq bilan gʻalaba qozondi. Olingan saylov natijalari shu kungacha davom etayotgan ommaviy noroziliklarga sabab boʻldi.

Umuman olganda, norozilik mitinglarida 7 mingga yaqin odam hibsga olingan, bir necha yuz kishi yaralangan, bir kishi norozilik mitingida va bir kishi hibsga olinganidan keyin vafot etgan. OAV maʼlumotlariga koʻra, mitinglarda hibsga olingan 80 ga yaqin odamning qayerda ekanligi maʼlum emas.

Shu bilan birga, militsiya boʻlimida, IIBda, shuningdek qamoqqa olish joylariga olib borishda mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish va qiynoqqa solish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olindi.

13-avgust kuni Belarusning sanoat korxonalarida tinch norozilik namoyishlari, 17-avgustda esa ish tashlashlar boshlandi. Bundan tashqari, butun Belarus boʻylab odamlar birdamlik zanjiriga kirishdi va zoʻravonlikka qarshi hamda yangi saylovlar uchun mitinglar uyushtirdilar.

Belarus hukumatining namoyishchilarga qarshi harakatlari Yevropa Ittifoqida ham, AQShda ham keskin tanqidlarga sabab boʻldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog