BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining birinchi kuni AQSh va O‘zbekiston prezidentlari nutq so‘zlaydi

BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy munozaralari 19-sentabr kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Bosh Assambleya 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak nutqlari bilan boshlanadi, deb yozadi “1news.uz”.

Foto: thenorthbankeveningstandard

Birinchi kuni tribunaga AQSh prezidenti Donald Tramp, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Armaniston, Boliviya, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya va boshqa mamlakatlar prezidentlari ko‘tariladi.

Bosh Assambleyadagi munozaralar 25-sentabrgacha davom etadi. Oxirgi kuni qator mamlakatlar, shu jumladan, KXDR va Suriya tashqi ishlar vazirlari chiqish qilishi kutilmoqda.

Latest from Blog