BMT binosida Registon maydonining maketi o‘rnatildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi – Registon maydonining maketi topshirildi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Tadbirda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl, Bosh Assambleya sessiyasiga kelgan diplomatlar, BMT axborot markazi xodimlari qatnashdi.

Registon maydonining maketi O‘zbekistonning qo‘li gul usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bo‘lib, qimmatbaho metall va go‘zal milliy naqshlar bilan bezatilgan.

Foto: O‘zA

O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi” bo‘lmish ushbu eksponatning BMT shtab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya zallari o‘rtasidagi foyyega o‘rnatilganida o‘ziga xos chuqur ramziy ma’no bor, dedi davlat rahbari.

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl shunday go‘zal va teran mazmunga ega tuhfa uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Marosim BMT kanallari orqali efirga uzatildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar