Biznes-ombudsman O‘zbekistonda biznes yuritayotgan xorijiy kompaniyalar huquqlari va manfaatlarini ham himoya qiladi

Oliy Majlisi Senati 11-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: UzA

Qonun muhokamasi chog‘ida senatorlar qayd etganidek, tadbirkorlik, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etish, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, qabul qilingan hujjatlarning tadbirkorlik sohasiga ta’sirini baholash, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash Vakil — biznes-ombudsmanning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Qonun Vakilga sohada nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga shubhasiz rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha keng vakolatlar beradi. Xususan, u davlat organlarining (tashkilotlarining) qarorlari, ular mansabdor shaxslarining tadbirkorlar huquqlarini buzuvchi harakatlari ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, ularning faoliyatini tekshirish qonuniyligi ustidan monitoring o‘tkazadi, arizalar va da’volar bilan sudlarga murojaat qiladi, davlat organlarining majlislarida ishtirok etadi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, qonunda Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydigan masalalar ham belgilangan. Tadbirkorlar o‘rtasidagi iqtisodiy nizolar, oilaviy, mehnat va tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, sudning, tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovni, surishtiruvni va jazo ijrosini amalga oshiruvchi organlarning vakolat doirasiga kiradigan masalalar shular jumlasidan.

Biznes-ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. U Prezident roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.

Qonunga muvofiq, biznes-ombudsman nafaqat mahalliy tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasi, balki O‘zbekistonda o‘z biznesini yuritayotgan xorijiy kompaniyalar huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlashi lozim.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar