Foto: people.com.cn

Birinchi yuk poyezdi Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga joʻnab ketdi

75151-sonli birinchi yuk poyezdi Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga joʻnab ketdi, deya xabar beradi People Daily.

Poyezd Shinjon — Uygʻur muxtor okrugidagi “Xorgos” temir yoʻl nazorat-oʻtkazish punkti orqali oʻtadi va 9-avgustda oʻz manziliga yetib keladi.

Poyezdda umumiy ogʻirligi 600 tonnadan ortiq boʻlgan aravachalar, paxta iplari, poyabzal uchun lak, maishiy texnika, konditsionerlar uchun butlovchi qismlar, mato va boshqa isteʼmol tovarlari ortilgan.

China Railway Modern Logistics Technology Co., Ltd logistika kompaniyasi xodimining aytishicha, ekinlar va togʻ-kon sanoati rivojlangan Oʻzbekistonda isteʼmol tovarlariga talab katta. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaning ishga tushirilishi Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi kuchli sanoat bir-birini toʻldirishi bilan bogʻliq va  shubhasiz, korxonalarga transport xarajatlari va yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga yordam beradi.

Latest from Blog