Bir profilli fermer xo‘jaliklarining foydalanilmayotgan tomorqa yerlari olib qo‘yiladi

Prezidentning joriy yilning 9-oktabridagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar beriladi.

«The Daily Signal» surati

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston fermerlari kengashi yetarli darajada fermer xo‘jaliklarining huquqlarini himoya qila olmadi, fermerlik harakatini rivojlantira olmadi. Bundan tashqari, 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish darajasi samarasiz deb topildi.

Shu bois tashkilot O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tuzildi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari ham xuddi shu tarzda qayta tuzildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar