Paxtaning har bir kilosi uchun 1000 so‘mdan pul to‘lanadi

AOKAda paxta mavsumiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Unda  ishtirok etgan bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov bu yil paxtaning 1 kilosi uchun birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m to‘lanishini ma’lum qildi.

Foto: Google

Bundan tashqari vazir o’rinbosariga so’zlariga ko’ra, bu yil paxta terimchilariga avvaldan 500 ming so‘mdan pul beriladi.

– Ko‘ngilli ravishda paxta termoqchi bo‘lganlarga avvaldan 500 ming so‘m beriladi. Buning uchun ular bilan shartnoma tuzilishi kerak. Boshqa hududdan kelib ishlayotgan har 100 terimchiga bir hamshira biriktiriladi, – dedi u.

 

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog