Belorusda muholifat prezidentlik saylovida ishtirok etmoqchi emas

1 daqiqada oʻqiladi

Belorusda oʻzini prezident Aleksandr Lukashenkoga nisbatan muxolifat deya atovchi ikkita partiya boʻlajak davlat rahbarligiga oʻtkaziladigan saylovda ishtirok etishdan voz kechdi.

Foto: Komsomolskaya pravda

Bu yerda gap “Belorus xalq fronti” (BXF), shuningdek soʻl qarashdagi “Spravedlivy mir” (“Adolatli dunyo”) partiyasi haqida bormoqda. “Pandemiya vaqtida saylov kampaniyasini olib borish oʻta masʼuliyatsizlik va xavflidir, bu vaqtda Yevropadagi boshqa mamlakatlar, hatto oz sonli kasalliklar qayd qilingan boʻlishga qaramay, saylovlarni kechiktirish borasida qaror qabul qildi”, – deya bayonot berdi BXF onlayn–majlis yakuni boʻyicha.

Soʻl kuchlarning vakillari saylovlarni tashkil qilinishini “jinoyat” deb atashdi. “Koronavirus infeksiyasi keng tarqalayotgan bir sharoitda yaqin uch oyda saylov kampaniyasini oʻtkazish koʻplab odamlarning salomatligi va hayotini xavf ostida qoldiradi”, – deyiladi “Adolatli dunyo” markaziy qoʻmitasining bayonotida.

Bundan avval prezidentlik saylovlariga yagona nomzod koʻrsatmoqchi boʻlgan muxolifatdagi beshta partiya koronavirus tufayli mintaqalarda oʻtkazilishi kerak boʻlgan “praymeriz”dan voz kechgani haqida xabar berilgan edi.

Oʻtgan haftada Belorus parlamentining quyi palatasi navbatdagi prezidentlik saylovlari 9-avgustda oʻtkazilishi borasida qaror qabul qildi. Prezidentlik lavozimiga oʻz nomzodini qoʻymoqchi boʻlganlar orasida – amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko bor, u Belorussiyaga 1994-yildan beri rahbarlik qilib keladi. Uning talabi bilan prezidentlik lavozimidagi muddat borasidagi cheklovlar bekor qilingan edi.

Mamlakatdagi saylovlar koronavirus pandemiyasi sharoitida boʻlib oʻtadi. Soʻngi maʼlumotlarga qaraganda, respublikada kasallik bilan bogʻliq salkam 23 mingta holat aniqlangan va COVID-19 tufayli 131 bemor vafot etdi.

9-may kuni Minskda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan parad boʻlib oʻtdi. Shaharda xalq sayllari va bayram konsertlari tashkil qilindi. Muxolifat hukumatni aholiga nisbatan masʼuliyatsizlikda ayblamoqda. Belorusda karantin choralari koʻrilmadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog