Foto: Kronen Zeitung

Belarus Oʻzbekistonga sariyogʻ eksportini 3,1 barobarga oshirdi

2021-yilda Belarus Oʻzbekistonga sariyogʻ eksportini 3,1 barobar oshirdi, deb yozadi The DairyNews, BelTA maʼlumotlariga tayanib.

Shuningdek, Belarus pishloqlarini Oʻzbekistonga yetkazib berish 1,4 barobarga, mol goʻshti esa 61,4 foizga oshib, 29,2 million dollarga yetdi.

Umuman olganda, birinchi olti oyda Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 137,3 million dollarni tashkil etdi, bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 125 foizga koʻpdir.

Avvalroq agar Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni kuchaytirsa, Belarus oziq-ovqat mahsulotlari eksportini Rossiya va Xitoyga yoʻnaltirilishi ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan. Mamlakat qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Ivan Krupko yoʻnalishni oʻzgartirish Belarus uchun ogʻriqsiz oʻtishini aytgan edi.

Latest from Blog