Bektemir va Bahodir ilk janglarini g‘alaba bilan boshlashdi!

Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionati musobaqasi davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Kecha, 28-avgust kuni o‘zbekistonlik yana uch nafar bokschi ringga ko‘tarildi.

+91 kg vazn toifasidagi Bahodir Jalolov musobaqadagi ilk jangida daniyalik Kim Lersenga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini muddatidan avval nokautga uchratdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yana bir bokschi — Jasurbek Latipov raqibi bolgariyalik Daniel Asenov bo‘ldi. Murakkab kechgan jangda Latipov kuchli raqibini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qayd etish joiz, amerikalik referi uchinchi raundda Jasurbekdan bir ochko olib tashlagandi. Ammo shunga qaramay, jang yakunidagi ikki raundda mutloq ustunlik Latipov tomonda bo‘ldi. Shiddatli jang Jasurbek g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shuningdek, -81 kg vazn toifasidagi Bektemir Meliqo‘ziyev musobaqadagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshladi. Meliqo‘ziyevga ilk jangda rossiyalik Muslim Gadjimagomedov ro‘baro keldi va o‘zbekistonlik bokschi raqibini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 28-avgust kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschilar: Elnur Abduraimov va Shahram G‘iyosovlar musobaqani g‘alaba bilan boshlashgan edi.

Elnur Abduraimov armanistonlik Karen Tonakanyaga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra jang g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov ukrainalik raqibi Yevgeniy Barabanovni 5:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergandik.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar