“Beeline” to‘qqiz yildan beri amaliyotchilarni ishga taklif etmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Uchinchi avlod-2017” dasturining barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqdaliklari haqida xabar beradi.  Dastur “VEON”ning “Make Your Mark” global loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yili Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Toshkentda menejmentni rivojlantirish bo‘yicha Singapur instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat texnik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti talabalari “Uchinchi avlod” amaliyotchilariga aylandilar.  “Beeline”ning quyidagi bo‘limlarida amaliyot o‘tash dasturi ochildi.

  • Texnik direksiyasi;
  • Axborot texnologiyalari direksiyasi;
  • Tijorat direksiyasi;
  • Hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish direksiyasi;
  • Ma’muriy direksiyasi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova shunday dedi: “To‘qqiz yildan beri “Beeline” yosh va iqtidorli yoshlarning rivojlanishi uchun noyob imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Yosh talabalar uchun bu mehnat tajribasini oshirish, o‘quv paytida olgan bilim va ko‘nikmalarini ishda qo‘llash uchun imkoniyatdir. Bundan tashqari, o‘z iste’dodlarini professional muhitda targ‘ibot qilishlari uchun imkondir. Ishonaman, biz tanlagan amaliyotchilar kasbiy yuksakliklarga yetishish uchun barcha kuchlarini to‘playdilar”.

Eslatib o‘tamiz, amaliyot o‘tash bir yil davom etib, ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqich iyundan avgust oyigacha davom etib, talabalarga ta’til paytida tanlangan bo’linmalarda to’liq bandlik bilan stajirovkani o’tishga imkon beradi. Amaliyot o‘tash dasturining ikkinchi bosqichiga o’zlarini yaxshi tomondan ko’rsatgan, ko’proq darajada samarali bo’lgan talabalar o’tadi. Ular kompaniyada 2018 yilning iyun oyigacha, ham ishlab, ham o’qish imkoniyatini ta’minlagan holda, mahsus moslashtirilgan grafik bo’yicha ishlashni davom ettiradilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar