“Beeline” “Oy” va “Oy+” internet-to‘plamlarining narxini o‘zgartirmay hajmini 87%gacha oshirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Oy” va “Oy+” internet-to‘plamlarining hajmini 30%gacha oshirgani haqida e’lon qildi. Bunda 2017-yilning boshidan internet-to‘plamlarning hajmi 70%dan 87%gacha oshdi, narxlar esa avvalgi darajada saqlanib qolindi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Maqsadimiz oddiy: abonentlarga yangi imkoniyatlarni taqdim etgan holda “Beeline”ning mobil Internetini eng sifatli va hammabop bo‘lib qolishidir. Taklif etilayotgan to‘plamlarning hajmi oshishi bilan birgalikda tashqi kanalning doimiy ravishda kengayishi, shuningdek 4G tarmog‘ining rivojlanishi bu masalani muvaffaqiyatli yechishga imkon yaratadi”.

Har oy avtomatik tarzda uzaytiriladigan “Oy+” internet-to‘plamlari:

 

Trafik Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun +30% bonus Ikkinchi oydan butun Internet uchun +10% bonus Narx
800 Мb 240 Мb 80 Мb $5,5
1 500 Мb 450 Мb 150 Мb $7,5
2 100 Мb 630 Мb 210 Мb $10
4 000 Мb 1 200 Мb 400 Мb $13
6 000 Мb 1 800 Мb 600 Мb $20
8 500 Мb 2 550 Мb 850 Мb $27
13 000 Мb 3 900 Мb 1 300 Мb $33

 

“Oy” internet-to‘plamlari 30 kun muddatga taqdim etiladi:

 

Trafik Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun +30% bonus Narx
60 Мb $1,7
260 Мb 78 Мb $3,2
800 Мb 240 Мb $5,5
1 500 Мb 450 Мb $7,5
2 100 Мb 630 Мb $10
4 000 Мb 1 200 Мb $13
6 000 Мb 1 800 Мb $20
8 500 Мb 2 550 Мb $27
13 000 Мb 3 900 Мb $33

 

Qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek internet-to‘plamlarni yoqtirish uchun  https://beeline.uz  saytiga, yoki Beeline Uzbekistan mobil ilovasiga tashrif buyuring.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar