Beeline oʻz xodimlarida ommaviy tarzda COVID-19dan test sinovi oʻtkazib, 14 kunlik karantinga joylashtirdi

Kuni kecha “Beeline Oʻzbekiston” xodimlari karantinga joylashtirilganlari haqidagi maʼlumotlar internet tarmoqlarida tarqagani tufayli kompaniya vaziyatga aniqlik kiritdi.

Foto: Beeline

“Mamlakatda karantin choralari joriy etilishi bilan “Beeline” xodimlarning xavfsizligini va kompaniyaning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida xodimlarning maksimal sonini masofaviy ishlashga oʻtkazishni tashkil qildi. Ammo, ayrim operatsion vazifalar mavjudligi bois, biz va jamoamizning bir qismi abonentlarimiz “Beeline” xizmatidan foydalanishda davom eta olishlari va kompaniya mutaxassislari bilan doimo bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun shunday mushkul paytda ofisda boʻlishimiz shart”, deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, kompaniya oʻz xodimlarini tegishli sanitariya va epidemiologiya xizmatlari bilan birgalikda ommaviy tarzda COVID-19dan test sinovi oʻtkazgan.

Xodimlar va ularning qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida, kompaniya Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmalariga rioya qilgan holda, oʻz xodimlarini 14 kunlik karantinga joylashtirdi.

Shuni taʼkidlash joiz, kompaniya ofislarida barcha zarur va tavsiya etilgan ehtiyot choralari koʻrilgan, mamlakatda karantin joriy etilgan birinchi kundan boshlab sanitariya-profilaktika choralari koʻrilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog