“Beeline” Navoiyda 4G tarmog‘ini ishga tushirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 4G tarmog‘ini hududlarda keng qamrovda joriy etishni boshladi, endilikda mazkur tarmoqdan Navoiy shahrining yuz minglab aholisi foydalanishi mumkin.

“LTE kengayishi – O‘zbekistondagi “Beeline”ning muhim loyihalaridan biridir, va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishidagi yangi yo‘nalishdir. Mijozlarimiz mobil internet xizmatlaridan qulay foydalanishlari biz uchun muhim, shuning uchun 4G tarmog‘ini O‘zbekiston shaharlarida kengaytirishga katta ahamiyat qaratamiz. Yaqin vaqt ichida biz 4G tarmog‘ini respublikaning barcha yirik shaharlarida ishga tushiramiz”, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

4G xizmatlarining narxi 2G/3G xizmatlari kabi. 4G tezligidagi mobil internetdan LTE standartida ishlovchi smartfon va planshetlarlar egalari, shuningdek 4G Mi-Fi routerlar orqali foydalanishlari mumkin. SIM-kartani maxsus USIMga “Beeline”ning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida almashtirish mumkin.

Tarmoq  LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi.  4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://static.beeline.uz/upload/images/4g/Devices_LTE_850.pdf

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar