“Beeline” Gretsiya rouming geografiyasini kengaytirmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” CAMEL-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. “Vodafone” (Gretsiya) kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi.

CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar – jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Latest from Blog