“Beeline” Buyuk Britaniyada rouming geografiyasini kengaytirmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” CAMEL-roumingning geografiyasini kengaytirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Korrespondent.uz»ga xabar qildi.

Foto: “Beeline” matbuot xizmati

Aloqa operatori  va “Hutchison 3G UK” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar – jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Avvalroq, “Beeline”ning Bilayn Rossiya abonentlari bilan bepul muloqotni taqdim etishi haqida xabar qilingan edi.

Latest from Blog