BBC telekompaniyasi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda ilgari suradi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Anvar Sharopov BBC telekompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi reklama-vakillik ofislari rahbari Sergey Stanovkin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi birlamchi vazifalardan kelib chiqib, BBC telekompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq maqsad va vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston chet elda mamlakatning ijobiy imijini yaratishdan manfaatdor ekanligi, shuningdek, O‘zbekistonning zamonaviy va rivojlangan sayyohlik salohiyati jahonda ilgari surilishi muhimligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, Stanovkin mamlakatning boy sayyohlik salohiyatini xorijda ilgari surish borasida hamkorlik istagini bildirdi. U amaliy hamkorlik muddatlari va formatlari bilan qiziqdi. Bunga javoban, O‘zbekistonning yirik telekanallari bilan birgalikda keyingi harakatlarni rejalashtirish taklif etildi, shundan so‘ng Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining aniq takliflari ishlab chiqiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar