Foto: Azerforum.com

Baydenning birinchi 100 kunlik prezidentligi eng boy amerikaliklarga 195 milliard dollar olib keldi

/

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Jo Bayden prezidentligining dastlabki 100 kunida 100 nafar eng boy amerikaliklarning boyligi 195 milliard dollarga oʻsgan.

Bu AQSh fond bozorining oʻsishi, emlashning tez surʼati va 1,9 trillion dollarlik ragʻbatlantirish paketini qabul qilish bilan bogʻliq. S&P 500 va Dow Jones Baydenning inauguratsiyasidan keyin 10 foizdan oshdi.

Prezidentlik saylovlari va Baydenning inauguratsiyasi oraligʻida eng boy 100 amerikalik yana 267 milliard dollar ishlab topdi. Saylovlar boʻlib oʻtgan 2020 yil 4-noyabrdan beri ularning boyligi 461 milliard dollarga oshdi.

AQSh Federal zaxira tizimi maʼlumotlariga koʻra, 100 nafar eng boy amerikaliklarning umumiy boyligi 2,9 trillion dollarga yetdi, mamlakatning eng kambagʻal aholisining 50 foizida 2,5 trillion dollar boʻlgan. Shu bilan birga, eng boy 10 amerikalik oʻtgan yilgi saylovlardan beri 255 milliard dollar ishlab topdi va ularning umumiy boyligi 1,2 trillion dollarga oʻsdi.

Latest from Blog