Foto: Times.kz

Bayden va Putin telefon orqali muloqot qildi

/

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq uy ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Interfaks”.

Prezidentlar strategik barqarorlik, global va mintaqaviy mavzularni muhokama qilgan.

“Ular ko‘plab mintaqaviy va global muammolar, jumladan, AQSh hamda Rossiyaning strategik barqarorlikni davom ettirish shartlarini muhokama qildi”, — deyiladi Oq uy bayonotida.

Oq uy muloqotning qurollanish nazorati masalalari, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi muammolarga taalluqli ekanini bildirgan.

Latest from Blog