/

Bayden Trampning pandemiya boshlanishida chet elliklarning AQSHga kirishini taqiqlash toʻgʻrisidagi farmonini bekor qildi

Foto: VOA

AQSH prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning Green Card egalarining AQSHga kirishini taqiqlagan buyrugʻini bekor qildi.

Tramp oʻtgan yili amerikalik ishchilarni koronavirus pandemiyasi sababli yuqori ishsizlik sharoitida himoya qilish zarurligi toʻgʻrisida farmon chiqardi. Dastlab, ayrim toifadagi chet elliklarga kirish taqiqlanishi 2020-yil oxirigacha joriy qilingan edi, ammo prezidentlikning soʻnggi kunlarida Tramp uni mart oyining oxirigacha uzaytirdi.

Migratsiya masalalarida ixtisoslashgan yuristlarning fikriga koʻra, Trampning farmoni bilan immigratsion vizalarning aksariyati bloklangan. Immigrantlarga oila aʼzolarini olib kelish taqiqlandi, bu faqat oʻz turmush oʻrtogʻi yoki 21 yoshga toʻlmagan bolalari uchun kirish vizalarini olish uchun murojaat qilgan AQSH fuqarolari uchun istisno. Ish vizasi boʻlgan muhojirlar uchun kirish ham yopildi, sogʻliqni saqlash sohasida tajribaga ega boʻlganlar va boshqa shunga oʻxshash kasblar bundan mustasno. Minglab viza lotereyalari gʻoliblari va yashil karta egalari mamlakatga kira olmadilar.

24-fevral kuni Bayden qonuniy muhojirlarning kirishini taqiqlash AQSH manfaatlariga mos kelmasligini aytib, avvalgisining buyrugʻini bekor qildi. Bayden Trampning muhojirlarni mehnat bozoriga tahdid solishi haqidagi daʼvosini rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, avvalgi prezidentning farmoni oilalarga birlashishga imkon bermagan, bu faqat AQSH biznesiga zarar yetkazgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog