//

Bayden Shinjondagi tazyiqlar uchun Xitoyga “jiddiy oqibatlar”ni vaʼda qilmoqda

Foto: Times.kz

AQSH prezidenti Jo Baydenning taʼkidlashicha, Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan siyosati Pekin uchun “jiddiy oqibatlarga olib keladi”.

Tashqi siyosat Bayden oʻz lavozimiga kirishganidan beri Viskonsin shtatining Miluoki shahrida saylovchilar bilan birinchi uchrashuvida koʻtargan masalalardan biri boʻldi.

“Xitoy uchun jiddiy oqibatlar boʻladi va u buni biladi”, dedi Bayden Xitoy rahbari Si Zinpinga ishora qilib.

Si Zinpin asosan islom dinini tan olgan uygʻurlarni, qozoqlarni va Shinjonning boshqa mahalliy xalqlarining vakillarini “qayta tarbiyalash lagerlariga” majburan yuborgani uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilindi.

Pekin yopiq muassasalar odamlarga radikal gʻoyalardan xalos boʻlish va jamiyatga qoʻshilishga yordam berish uchun moʻljallangan “oʻquv markazlari” ekanligini taʼkidlamoqda.

“Xitoy dunyo yetakchisiga aylanish uchun astoydil harakat qilmoqda. Ushbu unvonga sazovor boʻlish uchun boshqa davlatlarning ishonchini qozonishlari kerak”, — dedi Bayden CNN telekanalida. “Ular insonning asosiy huquqlarini buzadigan faoliyat bilan shugʻullanar ekan, bunga erishish qiyin boʻladi.”

11-fevral kuni Si Zinpin bilan ikki soatlik telefon orqali suhbat chogʻida Bayden AQSHning ustuvor yoʻnalishi “Hindiston — Tinch Okeani mintaqasini erkin va ochiq saqlash” ekanligini taʼkidlab, Pekindagi “majburiy va adolatsiz” savdo amaliyotlari va inson huquqlari toʻgʻrisida xavotir bildirdi. Bayden, shuningdek, Xitoy hukumatining Gonkongdagi demokratiya tarafdorlarini tazyiqlariga eʼtibor qaratdi.

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Si Zinpin AQSHni Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga taʼsir qiladigan masalalarda, jumladan Gonkong va Shinjonda ehtiyotkor boʻlishga chaqirganini aytdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog