/

Bayden kambagʻal mamlakatlarga COVID bilan kurashish uchun 4 milliard dollar vaʼda qildi

Foto: Times.kz

AQSH prezidenti Jo Bayden 19-fevral kuni boshqa boy davlatlarni koronavirusga qarshi global kurashda oʻz ulushini qoʻshishga undash uchun kambagʻal mamlakatlarda emlash dasturiga 4 milliard dollar ajratishni vaʼda qiladi, deydi AQSH rasmiylari.

Bayden bu harakatni iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarni oʻz ichiga olgan Katta Yettilikning (G7) virtual sammiti paytida eʼlon qilmoqchi, deb xabar qildi Oq Uy matbuot xizmati.

Qoʻshma Shtatlar koronavirusga qarshi vaksinalarni dunyo boʻylab teng ravishda tarqatilishini taʼminlashga qaratilgan xalqaro COVAX dasturiga zudlik bilan 2 milliard dollar ajratadi, dedi AQSH maʼmuriyatining yuqori lavozimli rasmiysi. Ikki yil davomida yana 2 milliard dollar ajratiladi, chunki boshqa mamlakatlar oʻz majburiyatlarini bajarmoqda, deya qoʻshimcha qildi u.

COVAX — bu turli mamlakatlardagi eng zaif aholining kamida 20 foiziga vaksinalarni sotib olish va tarqatish boʻyicha global loyihadir. Dastur shunday qilib ishlab chiqilganki, kambagʻal mamlakatlar aholini ommaviy emlashni boshlagan boy mamlakatlar bilan hamnafas boʻlib, aholini emlashni tashkil qilishlari mumkin.

G7 tarkibiga AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya kiradi.

Kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha “ONE Campaign” tashkiloti 19-fevral kuni oʻz hisobotini eʼlon qildi, unda boy mamlakatlar COVID-19 vaksinalarini ehtiyojidan koʻra bir milliard koʻproq olishadi. Shu sababli, kambagʻal mamlakatlar vaksinaning qolgan zaxiralari uchun kurashishlari kerak, deb yozadi ONE Campaign. AQSH va Buyuk Britaniya kabi boy davlatlar pandemiyaga qarshi global choralarni “kuchaytirish” uchun haddan ortiq koʻp xarid qilingan vaksinalarni tarqatishi shart, deydi tashkilot.

Ayni paytda, AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi Entoni Fausi AQSH yil oxiriga qadar pandemiya holatidan keyin “normal” holatga qaytishi mumkinligini aytdi. Fausi AQSH kasalliklari holatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan bir qator omillarni, shu jumladan koronavirusning koʻproq yuqumli turlari paydo boʻlishini keltirib oʻtdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog