Foto: Azerforum.com

Bayden Belarusga qarshi sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirdi

//

AQSh prezidenti Jo Bayden Belarusga qarshi 2006-yilda kiritilgan sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy saytida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, “Belarus hukumati va boshqa vakillarning harakatlari AQSh milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosatiga favqulodda va o‘ta jiddiy tahdid solishda davom etmoqda”.

Aleksandr Lukashenko 2006-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng kichik Jorj Bush Belarusga sanksiyalar kiritgan edi. AQSh va Yevropa Ittifoqi saylovlarni demokratiya talablariga javob bermaydi, deb atagan. O‘shanda AQSh fuqarolari va kompaniyalari uchun “qora ro‘yxat”ga kiritilgan shaxslarga mablag‘ berish, tovar sotish yoki xizmat ko‘rsatish taqiqlab qo‘yilgan. “Qora ro‘yxat”ga, xususan, Lukashenkoning o‘zi, “Belneftexim” va uning Amerikadagi vakolatxonasi, “Belshina”, “Grodno Azot”, “Grodno Ximvolokno”, “Lakokraska”, “Naftan”, “Polotsk-Steklovolokno” kabi kompaniyalar va Belarus neft savdo uyi kiritilgan.

2015-yilda AQSh va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar Ukrainaning janubi-sharqidagi vaziyatni hal qilishda Minskning yordami fonida yaxshilana boshlagan. Keyin Vashington Amerika kompaniyalariga ro‘yxatdagi korxonalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat bergan.

2021-yilning 3-iyun kuni Vashington ro‘yxatdagi kompaniyalarga nisbatan sanksiyalarni qayta joriy qildi. Davlat departamentining ma’lumot berishicha, Belarus davlat korxonalariga qarshi sanksiyalarning qayta tiklanishi hukumat tomonidan “inson huquqlarini ochiqdan ochiq e’tiborsiz qoldirish” natijasi hisoblanadi.

Bundan tashqari, AQSh Yevropa Ittifoqi va boshqa ittifoqchilar bilan hamkorlikda Belarus hukumati vakillariga qarshi maqsadli sanksiyalarning yana bir ro‘yxatini ishlab chiqmoqda, deb xabar qilgan edi Oq uy vakili Jen Psaki may oyining oxirida. Sanksiyalar Ryanair aviakompaniyasining Minskka qo‘ndirilishi va Belarus hukumati tomonidan muxolifatchi Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevichning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli rejalashtirilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar