Baxtiyor Sayfullayev madaniyat vaziri, Ozodbek Nazarbekov uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Baxtiyor Sayfullayev madaniyat vaziri – O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga tayinlandi. Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tayinlandi. Prezident 9-avgust kuni bunga tegishli farmonlarni imzolagan.

Foto: Gazeta.uz

Sayfullayev 2012-yildan buyon San’at va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlab kelgan. 2005-2012-yillarda madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Ozodbek Nazarbekov iyul oyi boshida «Yoshlar» telekanaliga direktor etib tayinlangandi, biroq yarim oydan so‘ng u o‘z xohishi bilan rahbarlikdan ketdi va telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyat olib borayotgandi.

Latest from Blog