Barselona “Youtube”dagi obunachilari 10 millionga yetgan birinchi futbol klubi boʻldi

Maʼlum boʻlishicha, Videoxostingda kataloniyaliklar akkaunti hozirda 10 million obunachiga ega boʻlgan. Bu futbol olamidagi rekord natija hisoblanadi. Undan keyingi oʻrinlarni “Real” (5,93 mln obunachi), kuchli uchlikni esa Braziliyaning “Flamengo” jamoasi yakunlab bergan (5,55 mln). Bu haqida Sports.ru sayti xabar beradi.

Barcelona Youtube
Sports.ru

Lekin sport olamida faqat NBAning 14,8 milliondan koʻproq obunachilari bor. Yaqin orada YouTube 10 millionlik dovonni zabt etgan katalonlarga “Diamond Creator Award” (10 million obunachiga moʻljallangan shisha tugma) nishonini topshiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona”ning eng ko‘p obunachilari AQSh, Ispaniya, Braziliya, Indoneziya va Meksikaga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda klub kanali 65 million soatdan ortiq tomosha qilinmoqda.
Quyida futbol klublari orasida Yutubdagi obunachilari soni boʻyicha eng yaxshi oʻnlikni koʻrishingiz mumkin:
1. “Barselona” – 10 million
2. “Real Madrid” – 5,92 million
3. “Flamengo” – 5,55 million
4. “Liverpul” – 4,98 million
5. “Manchester Yunayted” – 3,21 million
6. “Yuventus” – 2,88 million
7. “Manchester Siti” – 2,72 million
8. “PSJ” – 2,56 million
9. “Chelsi” – 2,1 million
10. “Arsenal” – 1,96 million
Maʼlumot uchun, 10 yil oldin “Barsa” kanalida 100 mingdan kam obunachi boʻlgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog