“Barselona” va Lautaro Martines oʻrtasidagi muzokaralar qayta boshlandi

Italiyaning “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martinesning agentlari Kataloniya klubi bilan muzokaralarni qayta boshlash maqsadida Barselonaga keldi, deb xabar beradi “TyC Sport” nashri.

Foto: TyC Sport

Maʼlumotlarga koʻra, 23 yoshli argentinalik hujumchi uchun italyan klubi ispanlardan 111 million yevro soʻragan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli “Barselona” moliyaviy inqirozni hisobga olgan holda, bunday qiymatni toʻlash imkoniyati yoʻqligini bildirgan.

Avvalroq “Inter” vitse-prezidenti Xaver Dzanetti Lautaroning klubdan ketmasligini aytgandi.
Maʼlumot uchun, hujumchi 2018-yili 25 million yevro evaziga italyanlar tarkibiga Argentinaning “Rasing” klubidan oʻtgan. U oʻtgan mavsumda “A” Seriyada 35ta oʻyinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog