Banklar valyutani bozor kursida sotish huquqini qo‘lga kiritdi

1

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birjadan tashqari valyuta bozorida ayrim operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutaning bozor kursi joriy qilindi, deb yozadi “Norma” nashri.

Xususan, o‘tgan hafta mobaynida o‘tkazilgan banklararo savdo sessiyalarida qayd qilingan kurslarning o‘rtacha qiymati bo‘yicha vakolatli banklar va ularning mijozlari o‘rtasida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish to‘g‘risidagi qoida bekor qilindi. Shuningdek, mazkur kurs bo‘yicha import iste’mol tovarlari va xizmatlarni (shu jumladan transport va aloqa) sotishdan olingan so‘mdagi tushumni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga konvertatsiya qilish amalga oshirilmaydi.

Shu bois, banklar birjadan tashqari valyuta bozorida bozor kursi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishdi.

Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 11.06.2003 yildagi 260-son “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va almashtirish kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori esa kuchini yo‘kotdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog