Banklar qoʻshimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochadi

Jismoniy shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibi soddalashtiriladi.

Foto: Reader’s Digest

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoniga keltirilgan sharhda aytib oʻtilgan.

Farmonga keltirilgan sharhga muvofiq, «banklar tomonidan aholi bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida tijorat banklarining filiallari va mini-banklarida, ayniqsa, yirik savdo markazlari va bozorlarda qoʻshimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish nazarda tutilgan.

Shuningdek, fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida bayram va dam olish kunlarida valyuta ayirboshlash shoxobchalarining uzaytirilgan ish tartibini joriy qilish belgilangan.

Hujjatda shuningdek, «Konversion boʻlimlar orqali chet el valyutasini sotishda olinadigan vositachilik haqi miqdorini imkon darajasida pasaytirish choralarini koʻrish hamda xalqaro toʻlov kartalaridan xorijda foydalanishda mavjud barcha cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilgan»i haqida qoʻshimcha qilingan.

Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklarining eksport faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida ularga chet el valyutasidagi daromadlarini oʻz xohishiga koʻra erkin tasarruf etish, bunda bank hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini yechib olishgacha boʻlgan huquq beriladi, deb qayd etilgan hujjatda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar